Bu haqda polititsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarlarga ko'ra, DHC-6-400 Twin Otter samolyoti rejalashtirilgan parashyut mashqlaridan oldin sinov parvozini amalga oshirayotgan edi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 8:00 atrofida Xuaxin tumanidan uchib ketgan, ammo ko'p o'tmay halokatga uchrab, Xuaxin aeroporti yaqinida dengizga qulab tushgan.
Bortdagi olti nafar politsiya xodimining barchasi halok bo'ldi. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi, deb xabar berdi aa.com.tr.