Bu haqda Khaosod gazetasi xabar berdi.
Jabrlanganlarning aksariyati vayronalar ostida qolib ketgan.
Hodisa qirollikning shimoli-sharqidagi Nakxonratchasima viloyatida sodir bo'lgan. Poyezd Bangkok – Ubonratchatxani yo'nalishi bo'ylab harakatlanayotgan edi. To'qnashuv oqibatida poyezd relsdan chiqib ketdi va yonib ketdi.
Qutqaruvchilar voqea joyida uchta vagonda qolib ketgan yo'lovchilarni qutqarish ustida ishlamoqda. Poyezdda taxminan 200 kishi qolib ketgan, deb xabar berdi report.az.