Aytilishicha, haqiqatan ham talaba qiz Toshkent davlat pedagogika universiteti kechki bo‘lim 2-kurs talabasi.

"Mazkur holat ro‘y berganidan so‘ng universitet rahbariyati talaba qiz bilan uchrashdi va suhbat davomida qiz holsizligi tufayli boshi aylanib, o‘zi bilmagan holda Alisher Navoiy metro bekatida yiqilib tushgani ma’lum bo‘ldi.

"Poyezd relsiga sakradi", degan xabarlar asossiz.

Hozirgi kunda talabaning ahvoli yaxshi, sog‘ligida hech qanday muammo yo‘q, o‘z uyida ota-onasi bag‘rida.

Rahbariyat tomonidan barcha zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratib berildi", deyiladi xabarda.