Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi

    2025/2026-oʻquv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan soʻng ariza yuborishlari mumkin boʻladi.

    Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

    Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

    Shundan soʻng, umumiy roʻyxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan oʻrinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

    • 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
    • 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
    • 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

    Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi.

    Batafsil maʼlumot: https://lex.uz/uz/docs/-6568679

    Maʼlumot uchun, 2025/2026-oʻquv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan soʻng ariza yuborishlari mumkin boʻladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.