Talabalar turarjoy qidirib sarson boʻlmaydi

    Har yangi oʻquv yilida talabalarning bir muammosi turarjoy topish boʻladi. Shaharga yangi kelgan, baland-pastni bilmaydigan yigit-qizning ijara xonadon qidirishi oʻqishga kirishdan ham qiyin masalaga aylanadi.

    Talabalarning mana shu muammosini hal etishda koʻmaklashish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” ishga tushdi. Ijarada turish uchun xonadon topishda muammolarga duch kelayotgan, shuningdek, talabalar turar joyidan joy olmoqchi boʻlgan talabalar ushbu markazga murojaat qilishlari mumkin.

    Ushbu markazda talabalar uchun ijara xonadonlari taklif etish uchun 4000 dan ortiq oʻrindan iborat baza shakllantirilgan. Shuningdek, ushbu maʼlumotlar bazasida Olmazor tumanida joylashgan barcha qulay sharoitlarga ega 20 dan ortiq hostellar oʻrin olgan.