“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tashabbusi bilan, Agentlik buyurtmasiga binoan suratga olingan badiiy filmlarning navbatdagi namoyishlari Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent davlat stomatologiya instituti va Toshkent pediatriya tibbiyot institutida boʻlib oʻtdi. Mazkur namoyishlarda talaba-yoshlar uchun “Elparvar”, “Mahmudxoʻja Behbudiy” va “Islomxoʻja” badiiy filmlari namoyish etildi.

Mazkur tarixiy janrdagi filmlar yoshlarda katta qiziqish uygʻotib, unutilmas taassurot qoldirish bilan bir qatorda, ularga oʻtmishimizdagi voqea-hodisalarni yaqindan his etish imkoniyati berildi.

Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati