Germaniyada SAP rahbariyati bilan uchrashuvda, ular tomonidan bepul taqdim etiladigan kurslarni bizdagi talabalardan atigi 32tasi bitirgani va ular toʻliq 100% yuqori daromadli ish bilan taʼminlanganini maʼlum qilishdi.

Shunda meni bir savol qiynay boshladi, nega shuncha talabalarimiz boʻlsada va Germaniyani oʻzida yuz mingdan ortiq AKT mutaxassisiga talab boʻlsada, bepul va yuqori maoshli ish bilan taʼminlaydigan kasbni oʻrgangan talabalar soni shunchalik kam?

Maslahatim, hozir avvalgidek diplomni oʻzi ish bilan taʼminlanishga yetarli emasligini, vaqtlarini bekor ketkazmay xalqaro til va boshqa kasb sertifikatlarini olishga qunt bilan harakat qilishlari zarurligini hamma talabalarimiz tezroq tushunishlari kerak. Bunga hozir juda koʻp imkoniyatlar bor, masalan oʻsha SAP saytida: https://learning.sap.com/student-zone

Yoki bitirib chiqqunicha juda boʻlmasa chet tili sertifikatini olib chiqsa ham, kelgusida chet eldan masofaviy ish topishiga juda katta yordam boʻlardi, sertifikatni olish xarajatini 100 foizini davlat qoplab beradi: https://my.gov.uz/uz/service/413

AKT yoʻnalishidagi xalqaro sertifikatlarni olish uchun oʻqish va sertifikatsiyani 50 foiz xarajatini davlat qoplab beradi: https://my.gov.uz/uz/service/622

Lekin bu ikkala imkoniyatdan foydalangan talabalarimizning soni umumiy talabalarni sonini ichida juda kamdir! Shuning uchun yana bir bor talabalik davringizda vaqtni bekor ketkazmay xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni ham olishga harakat qilishingizni tilab qolaman, deydi vazir.