Prezidentning 03.07.2023-yildagi PQ-200-sonli qaroriga muvofiq Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:
- Vazirlikning tuzilmasi;
- Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning vazifalari va funksiyalari;
- Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning huquq va majburiyatlari;
- Boshqa davlat organlari va mahalliy ijro hokimiyati bilan hamkorlik tartibi;
- Moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminot manbalari va boshqalar.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining ustuvor yoʻnalishlari:
● Oliy va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, ilmiy va innovatsion faoliyat, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, sohalarning strategik rivojlanish yoʻnalishlarini belgilash;
● Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyatini tartibga solish;
● Oʻqitish sifatini taʼminlash va oʻquv jarayoni normativlarini belgilash, xalqaro mezonlar asosida taʼlim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlarida kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish;
● Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, davlat ilmiy va innovatsion dasturlarini muvofiqlashtirish, taʼlim, fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashni taʼminlash;
● Qoʻshma taʼlim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish boʻyicha xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
● Taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish, ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish va boshqalar.
Shuningdek, hujjat bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi toʻgʻrisidagi nizom va Vazirlik tizimidagi oliy taʼlim davlat tashkilotlari roʻyxati tasdiqlandi.
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 2024-yil 8-avgustdan kuchga kirgan.