Taʼmirlash ishlari sabab Toshkentning 4 tumani vaqtincha gazdan uzildi

    “Hududgaz Poytaxt” GTF xabariga koʻra, taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 12-noyabr kuni Sergeli, Bektemir, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining quyidagi hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

    Sergeli tumani (10:00 dan 14:00 gacha)

    Aholi isteʼmolchilari soni:
    “Xonobod” MFY Beruniy, Sohil va Kichik soy koʻchalardagi 835 ta yerli xonadon
    “Eshonbuloq” MFY Muanna, Xonobod koʻchalardagi 467 ta yerli xonadon
    “Sadoqat” MFY Tabarruk va Tavallo koʻchalardagi 730 ta yerli xonadon
    Ulgurji isteʼmolchilar soni: 48 ta

    Bektemir tumani (10:00 dan 14:00 gacha)

    Aholi isteʼmolchilari soni:
    Koʻp qavatli uylardagi 60 ta xonadon
    Ulgurji isteʼmolchilar soni: 6 ta

    Mirobod tumani (10:00 dan 17:00 gacha)

    Aholi isteʼmolchilari soni:
    “Birodarlik” MFY Oq uy koʻchasidagi 55 ta xonadon

    Yakkasaroy tumani (10:00 dan 17:00 gacha)

    Ulgurji isteʼmolchilar soni: 1 ta