300 milliondan ziyod auditoriyaga ega Evronews kompaniyasidan Fred Xarison “Yangi Oʻzbekiston Yevropa OAV nigohida” mavzusidagi maʼruzasida Oʻzbekistonning boy madaniyati dunyo ahli uchun juda qiziqligini taʼkidladi.

Shuningdek u ayni mavzuda hali koʻplab ilmiy ommabop hujjatli filmlar tayyorlanishi uchun qiziqarli maʼlumotlar yetarli ekanini alohida aytib oʻtdi. CNN telekompaniyasidan Imron Axmad esa “CNN va Oʻzb hamkorligi” mavzusi bilan tadbirda onlayn qatnashdi.

Nufuzli OAVlarning “Yangi Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning yuragi, biz Oʻzbekistondagi islohotlarni yoritish Markaziy Osiyodagi islohotlarni yoritishning kaliti deb hisoblaymiz”, degan gaplari barchaga yurtdoshlarimizga bagʻishlaydi.

Evronews vakilining “Sizning davlat rahbaringiz qadami bilan Markaziy Osiyo ochiq maydonga aylandi, biz buni keng yoritishni oʻzimizning aosiy maqsadimiz deb bilamiz”, tarzidagi fikrlari esa tanlagan yoʻlimizning toʻgʻriligiga yana bir ishora boʻldi.