Ushbu ekspress-testlar markazning xorijiy hamkori tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga begʻaraz taqdim qilindi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonga olib kelindi.
Tadbirda ishtirok etgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Botir Qurbonov tomonidan bunday ekspress-testlar bugungi pandemiya sharoitida operativlikni taʼminlab, bemorlarni oʻz vaqtida aniqlash va tegishli choralarni qisqa muddatlarda koʻrish imkoniyatini berishini maʼlum qildi.
Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbariyati tomonidan ushbu ekspress-testlarning mamlakatning 14 ta hududiga tegishliligicha taqsimoti taʼminlanib, davlat tibbiyot muassasalarida maqsadli ishlatilishiga kafolat berildi.
Tadbir yakunida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va uning xorijdagi hamkorlariga ushbu xayrli tashabbus uchun minnatdorchilik bildirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati