Tafakkurning yorqin shu'lasi

Hech narsa va hech kim kitobning o'rnini bosa olmaydi. Zero, kitoblar ko'ngilda eng sof tuyg'ular, fazilatlarni paydo qiladi, inson dunyoqarashini boyitadi, –deydi akademik Naim Karimov. – Tabiiyki mazkur mavzuda so'z yuritganda kutubxonalarning o'rni va ahamiyatiga urg'u bermay iloj yo'q. Mening bolaligim o'tgan mahalla va uning atrofida 4 ta kutubxona bo'lgan. Kutubxonalarning biridan ikkinchisiga o'tib, qaysi biri boyroq bo'lsa, o'sha kutubxonaga “langar” tashlardik. Kitoblari har jihatdan rang-barang va ko'pi ”Turon” kutubxonasi edi. Jadidlar bu kutubxonani eski shaharning shundoqqina biqinida, odamlar  gavjum joyda barpo etgan. Sotuvchi ham, oluvchi ham ”Turon” kutubxonasini sira chetlab o'tmasdi. Mirkarim Osimga o'xshash uy sharoiti etarli bo'lmagan adiblar o'sha erni “xilxona” bilib, dastlabki asarlarini shu erda yozgan. Bu menga ham katta saboq bo'lgan. SHuning uchun ham kitob va kutubxona so'zlarini odamzot aqlini charxlaydigan, ajralmas bir butunlik deb hisoblayman.

Beshta muhim tashabbus doirasida ezgu maqsadlarni qamrab olgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqdaki, bu borada olib borilayotgan ezgu ishlar, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish uning istiqbolli va oydin yo'llarga chorlovchi yirik loyiha ekanini tasdiqlab turibdi...

To'rtinchi ezgu g'oya amalda

To'rtinchi tashabbus – yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilishga qaratilgan. Uni amalga oshirishda tabiiyki, kutubxonalarning o'rni va vazifasi katta.

Hozirda respublikamizda 201 ta axborot-kutubxona markazi faoliyat yuritadi. Ular fondiga 17 millionga yaqin kitoblar jamlangan. 2020 yilda axborot-kutubxona markazlariga yana 150 ming 724 ta kitob etkazib berildi.

Bugungi kunda mazkur kutubxonalarga 1 million 196 ming 233 nafar kishi a'zo. Tashabbuslarni amalga oshirish natijasida ular soni yanada ortib borayotir. Bu esa yoshlarning o'z hayotini, turmush tarzini kitob va kutubxonalar bilan chambarchas bog'layotganidan darak beradi.

Mazkur tashabbus doirasida belgilangan vazifalar muntazam amalga oshirilmoqda. “Ma'rifat karvoni” tadbirlari jarayonida chekka hududlarda istiqomat qilayotgan yoshlarga badiiy, ma'rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarning etkazib berilayotgani ham shular jumlasidan.

Joriy yilning aprel` oyida poytaxtimizning YOshlar ijod saroyida bo'lib o'tgan, “YOsh kitobxon” respublika ko'rik-tanlovi eng yaxshi kitobxonlarni kashf etdi. Ulardan ibrat olish hissi uyg'ongan bolalar va o'smirlar ko'nglida kitob mutolaasiga mehr indi.

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi YOshlar ishlari agentligi direktorining o'rinbosari Dilnozaxon Kattaxanova shunday fikr bildirdi:

– Ona-tabiatni oftob isitsa, inson qalbini kitob ilitadi, yoritadi, degan fikr be'jizga aytilmagan. YOsh avlodning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida so'nggi yillarda an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “YOsh kitobxon” tanlovi 2017–2020 yillar davomida 2 million 470 ming nafardan ziyod yoshni qamrab oldi.  Bugungi kunga qadar tanlovning respublika bosqichida 164 nafar yigit-qiz ishtirok etdi va shundan 8 nafar tanlov g'oliblari Prezident sovg'asi – “Spark” avtomashinasi sovrindori bo'ldi. SHu yil tanlovning respublika bosqichida ilk bor nishonlangan “Kitobxonlik haftaligi” ham 4-muhim tashabbus doirasidagi yangi loyiha bo'ldi.

YAng yaxshi kitobxonlar muvaffaqiyatlar qanotida

“YOsh kitobxon” respublika tanlovi nafaqat eng zukko va bilimdon kitobxonlarni aniqlovchi tadbir, balki, yuksak saviyada o'tkazilgan tafakkur  tantanasi sifatida taassurot qoldirdi.

 Joriy yilda tanlovning Respublika bosqichida, 10–14 yoshlilar orasida birinchi o'ringa Farg'ona viloyatidan Muhammadfozil Ismoilov, 15–19 yoshlilar orasida Toshkent shahridan Maftuna Umarova, 20–30 yoshlilar orasida esa andijonlik Fotima Mamtalieva munosib deb topildi va   Prezident sovg'asi bilan taqdirlandi.

Quvonchimni, baxtiyorligimni qanday ifodalashni bilmayman. Qisqacha aytsam, kitob o'qishni inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshigini ochadigan tafakkur kaliti, deya ta'riflagan bo'lardim , – deydi “YOsh kitobxon” tanlovi g'olibasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi Maftuna Umarova. – Bu tanlov o'zimga bo'lgan ishonchimni mustahkamlash barobarida yanada ko'proq kitob mutoalaa qilishga, izlanishga undaydi. Kelajakda ham kitob mutoalaasi, mutolaa madaniyatini targ'ib etishda yanada faol bo'lishga harakat qilaman.

Aql qal'asi…

Kitob o'qish barchamizning ma'naviy olamimizni boyitadi, so'zlashuv madaniyatimizni oshiradi, – deydi tarix fanlari doktori, professor Abduhalil Mavrulov. – Ona tilimizga doim hurmat bilan qarashimiz, e'zozlashimiz kerak. Ayrim hamyurtlarimizning boshqa tillardagi so'zlar bilan qorishtirib gapirishdagi “xizmati” tufayli tilimiz boyligi g'aribdek taassurot uyg'otishi mumkin. Vaholanki, o'zbek tili dunyodagi eng boy tillar qatoriga kiradi. Tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra, Aleksandr Pushkin butun ijodi davomida jami 21mingdan ziyod  so'z qo'llagan.  SHekspir asarlari tilida jami 20 mingdan ortiq,  ispan adibi Servantes ijodida esa 18 mingta so'zni hisoblashgani haqida ta'kidlar uchraydi. Buyuk bobomiz Alisher Navoiy asarlarida esa qo'llanilgan so'zlarning soni 26000 dan ortiq ekan. Demak, ona tilimiz boyligi, ifoda uslubi jihatidan ham boshqa tillardan kam emas.

Men fikrimni SHarqda axloq-odob borasida buyuk asarlar yaratgan Muhammad Jabalrudiyning kitob haqida yozib qoldirgan quyidagi bitiklari bilan asoslamoqchiman: 

ey, aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo'qdir. Kitob fasohat, balog'atda, latofatda tengi yo'q, munofiqlikdan holi hamrohdir. YOlg'izlikda va g'amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so'zlarida yolg'on va xato bo'lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik etmaydi. U o'z do'stining dilini og'ritmaydi. YUragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g'iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar etadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar etadi. Kitobdek do'st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o'tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. SHuning uchun ham “Kitob aql qal'asidir...”

Darhaqiqat, umr yo'llarimizni yorituvchi so'nmas chiroq, hayotimizga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, sodiq do'st sanalmish kitobga oshno bo'lib yashashni kundalik hayotimizning asosiy mezoniga aylantirishimiz lozim. CHunki insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitobdan kuchli va qudratli vosita yo'q.

Gulichehra DURDIEVA,  

“YAngi O'zbekiston” muxbiri.