Tadqiqotda AQSH Milliy salomatlik va ovqatlanish tadqiqoti dasuri (NHANES) dan 18 nafar sog'lom yigit va ayollarning ma'lumotlari tahlil qilindi. Ikki haftalik kuzatuv davomida mutaxassislar tarvuz sharbatini iste'mol qilgan ishtirokchilarning holati o'rgandi. Xususan, L-tsitrullin va L-argininning azot oksidi biomavjudligi va yurak urish tezligining o'zgaruvchanligiga ta'siriga e'tibor qaratildi.

Tadqiqotda tarvuzni muntazam iste'mol qilish yurak-qon tomir va metabolik salomatlikka foydali ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. Bundan tashqari, tarvuz antioksidantlarga, S vitamini va likopenga boy bo'lib, ular oksidlanish jarayonlarining intensivligini kamaytiradi va yurak kasalliklarining oldini olish uchun foydali bo'lishi mumkin.

Shuningdek, tarvuzni o'z yeguliklari ro'yxatiga kiritgan odamlar ratsionning umumiy sifatini yaxshilashga erishishdi: ular ko'proq ozuqa tolasi, magniy, kaliy, S va A vitamini, shuningdek, likopen va boshqa karotenoidlarni o'zlashtirishdi. Shu bilan birga, shakar va umumiy to'yingan yog'li kislotalarni iste'mol qilish kamaydi, deb xabar beradi lenta.ru.