• Yanvar oyida 2024-2025 oʻquv yili uchun “Mening maktabim” loyihasi boʻlib oʻtadi.

Ovoz berish 13-17-yanvar kunlari oʻtkaziladi. Loyihaning 2025-2026 oʻquv yili uchun mavsumi oktyabr oyiga moʻljallangan. Loyihalarni kiritish 1-10-oktyabrda, ovoz berish esa 21-30-oktyabr kunlari boʻladi.

  • “Tashabbusli byudjet”ning 1-mavsumi fevral-mart oylariga moʻljallangan. Loyihalarni kiritish 1-20-fevralda, ovoz berish esa 11-20-mart oraligʻida boʻladi.

Loyihaning 2-mavsumi iyul-avgust oylarida boʻlib oʻtadi. Loyihalarni kiritish 15-iyuldan 3-avgustgacha, ovoz berish 22-avgustdan 31-avgustgacha etib belgilangan.

  • “Mening bogʻim” loyihasi aprel oyida oʻtkaziladi.

1-10-aprelda loyihalarni kiritish, 21-30-aprelda esa ovoz berish boʻlib oʻtadi.

  • “Mening bogʻcham” loyihasi iyun oyida oʻtkaziladi.

Loyihalar uchun ovoz berish jarayoni 1-10-iyun kunlariga belgilangan.