Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼlumotiga koʻra, sessiya doirasida quyidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan:
- Hujjatlarni elektron saqlash va masofadan turib notarial tasdiqlashning xavfsiz texnologiyasi;
- Rossiya raqamli notariati: yutuqlar va istiqbollar – davlat organlarida axborot ochiqligini taʼminlashning samarali vositalari;
- Notarial harakatlarning masofaviy tasdiqlanishi: qanday qilib fuqarolik-huquqiy munosabatlarning ishonchliligini saqlash mumkin?;
- “Ye-notariat”ni Ukrainada tatbiq etish xususiyatlari”;
- Xalqaro notariuslar ittifoqining Masofaviy notarial tasdiqlash boʻyicha yoʻriqnomasi;
- Masofaviy harakatlar va masofadan turib koʻrish;
- Blokcheyn texnologiyasi.
Sessiyada elektron notariat hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha katta tajribaga ega boʻlgan nufuzli xorijiy tashkilotlar va xorijiy davlatlarning vakillari ishtirok etadi.
Sessiyada Germaniya notariuslari Federal palatasining xalqaro aloqalar boʻyicha bosh vakili Richard Bok, Rossiya notarial palatasi prezidenti Konstantin Korsik, Litva notarial palatasi prezidenti Maryus Strachkaytis, Ukraina notarial palatasi prezidenti Vladimir Marchenko, Xalqaro notariuslar ittifoqining “Yangi texnologiyalar” boʻyicha ishchi guruhi raisi Me Karlo Alberto Markoz, Germaniya notariuslari Federal palatasining Xalqaro ishlar boʻyicha huquqiy maslahatchisi Veronika Kormann, Fransiya notarial palatasi vakili Dejua Antuan kabi ekspertlar ishtirok etadi.