Ushbu jarayon har birining quvvati 280 MVt boʻlgan ikkita bugʻ-gaz qurilmasini qurish investitsion loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Stansiyadagi quvvati 280 MVt boʻlgan birinchi bugʻ-gaz qurilmasi 2020-yil dekabr oyida toʻliq quvvat bilan ishga tushirilgan edi.

Zamonaviy va energosamarador texnologiyalarning ishga tushirilishi Orolboʻyi hududida ekologik vaziyatni yaxshilash, tabiatni muhofaza etishda ham muhim ahamiyatga ega. Birgina suv resurslariga boʻlgan ehtiyojning oʻzi yiliga 452 million kub metrdan 159 million kub metrga kamayadi.

- atmosferaga chiqayotgan zararli gazlar 3,2 barobarga kamayadi;

- azot oksidi 3,5 barobarga kamayadi;

- asosiy bugʻ gazlarining chiqishi yiliga 972,22 ming tonnagacha kamayadi, deb xabar beradi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati.