O'zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi huzuridagi jamoatchilik Kengashi Qoraqalpog'iston Respublikasi mintaqaviy bo'linmasi Taxiatosh tumanidagi 99651-sonli harbiy qismdagi serjant, ofitser va askarlar bilan uchrashuv o'kazildi. 

Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimiz sarhadlarini qo'riqlayotgan posbonlarimizning mashaqqatli hayoti, mehnat faoliyati xususida so'z yuritildi. Vatan himoyachilari kuni bilan yurtimiz tinchligi yo'lida sadoqat bilan xizmat qilayotgan barcha xodimlarga tabrik yo'llandi. 

Tadbir so'nggida “Qoraqalpoqkino” agentligi tomonidan “Afv” fil`mi namoyish etildi. Mazkur fil`mda ona vatanga sadoqat, osoyishta hayot, tinchlik va ozodlikni qadrlash kabi g'oyalar ilgari surilgan.