баннер
27 Mar 2025
10:24

    Taxmina Ikromova Maribelya Gran-prisida ikkita medalga sazovor boʻldi

    Shu yilning 21-23-mart kunlari Ispaniyaning Marbelya shahrida badiiy gimnastika boʻyicha Gran-pri musobaqasi boʻlib oʻtdi.

    Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Taxmina Ikromova 1 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqdi.

    Ikromova toʻpdagi mashqda 28.100 ball bilan shohsupaning ikkinchi pogʻonasiga koʻtarilgan boʻlsa, koʻpkurash yoʻnalishidagi 111.650 ball uning kuchli uchlikdan joy olishini taʼminladi.

    Toʻp:

    • Taisiya Onofriychuk (Ukraina) – 29.050
    • Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston) – 28.100
    • Polina Karika (Ukraina) – 27.900

    Koʻpkurash:

    • Taisiya Onofriychuk (Ukraina) – 116.100
    • Sofiya Rafaeli (Italiya) – 115.000
    • Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston) – 111.650
    Telegram kanalimiz
    Text to speech