Unda Tashkilotga aʼzo mamlakatlar ekspertlari ishtirok etdi. Ular TDT doirasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb yoʻnalishlarini koʻrib chiqdi hamda kutilayotgan Vazirlar yigʻilishining kun tartibidagi asosiy masalalarni hisobga olgan holda uni rivojlantirish yoʻllarini muhokama etdi.
Xususan, TDT Investitsiya jamgʻarmasini tashkil etish, savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish, Tashkilot doirasida “Savdo hamkorligi boʻyicha tadqiqot markazi” va “Muhandislik va texnologiyalar markazi”ni tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston tashabbusini tasdiqlash istiqbollari koʻrib chiqildi.
Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlarini faollashtirish va elektron tijoratni kengaytirish, TDT mamlakatlarida savdo uylari faoliyatini tashkil etish mexanizmlari va tamoyillarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda Turkiy savdo-sanoat palatasining aniq chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish boʻyicha konstruktiv takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida ekspertlar koʻrib chiqilayotgan tashabbuslarni amalga oshirishning aniq va izchil mexanizmlarini ishlab chiqdi va shu yil 9-noyabrda boʻlib oʻtadigan TDT mamlakatlari iqtisodiyot va savdo vazirlarining 11-yigʻilishi doirasida imzolash uchun kommyunike tuzdi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.