Taʼkidlanishicha, TDYUU va Xalqaro xususiy tadbirkorlik markazi (CIPE) oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Tadbir avvalida TDYUU rektori A.Toshqulov ishtirokchilarga universitetdagi oʻquv jarayoni, ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik borasida qilinayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Uchrashuv davomida imzolangan memorandumning mazmun-mohiyati, maqsad-vazifalari va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, mazkur memorandum Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro munosabatlar va ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirish uchun muhim asos boʻlib xizmat qiladi.
Shuningdek, hujjatda hamkorlikda turli konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlarni tashkil etish, ilmiy loyihalar va kasbiy taʼlim dasturlarini amalga oshirish, TDYUU va AQSH akademik hamkorlari oʻrtasida munosabatlarni yanada mustahkamlash koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, memorandumda Toshkent davlat yuridik universiteti va CIPEning Oʻzbekiston Respublikasida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha hamkorligi yanada rivojlantirish hamda TDYUU qoshida “Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi”ni tashkil etish belgilangan.