Tehronda havo ifloslanishi tufayli futbol oʻyinlari bekor qilindi

    Tehron shahrida havo ifloslanishi keskin oshib ketgani sababli Eron Professional ligasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan barcha futbol uchrashuvlari bekor qilindi.

    Bu haqda tehrantimes.com sayti maʼlum qildi.

    Maʼlum qilinishicha, havodagi zararli moddalar miqdorining ortgani bois Eron poytaxtida maktablar seshanba va chorshanba kunlari yopildi. Soʻnggi haftalarda Tehron va bir qator boshqa shaharlarda havo ifloslanishi keskin kuchayib, taʼlim muassasalari masofaviy oʻqish tartibiga oʻtishga majbur boʻldi.

    Tehron Atmosfera sifatini nazorat qilish kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, joriy Eron yilida poytaxt faqat jami olti kun “toza havo” qayd etgan. Shu bilan birga, yil davomidagi kunlarning yarmidan koʻpi sezgir toifadagi fuqarolar uchun “nosogʻlom” darajada baholangan.