Telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda “Help.kids.uz” soxta kompaniya nomidan tarqatilayotgan “Agar moliyaviy ahvolingiz qiyin boʻlsa, havoladagi soʻrovnomani toʻldiring va bizdan yordam puli oling” mazmunidagi xabarlar kelsa, ASLO ularga ISHONMANG. Ushbu xabarlar YOLGʻON.
Ehtiyot boʻling firibgarlarning tuzogʻiga tushib qolmang.
Firibgarlar Siz orqali telegram messenjerida havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqdalar.
Feyk xabarlarga aldanmang, deya ogohlantirmoqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi.