Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi J.M. sodir etganligi aniqlandi.
Unga koʻra, J.M., I.E. bilan telegramda tanishib, unga “PUBG” onlayn oʻyinining kuchaytirilgan akkauntini sotishini aytgan va oldindan plastik kartasiga 1.080.000 pullarni oʻtkazdirib olib, kelishilgan akkauntni bermasdan, yozishmalarni oʻchirib yuborib, uni qora roʻyxatga kirgazib qoʻyganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan J.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «b,g« bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.