Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi 39 yoshli H.K. telegram messenjeridagi onlayn doʻkonidan nomaʼlum shaxs ayollar oyoq kiyimini sotib olmoqchi ekanligi va bankomat orqali toʻlovni amalga oshirishini aytib, unga kelgan sms-kodni soʻrab olib, plastik kartasidan jami 6.404.203 soʻm pullarini yechib olganligini maʼlum qilgan.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi 16 yoshli A.Sh. sodir etganligi aniqlandi.
A.Sh. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, A.Sh. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.