Xonanda qoʻshiqlaringni radioda reklama qilib beraman, degan gapiga ishonadi va ikki marotaba 1.200.000 soʻmdan jami 2.400.000 soʻm, shuningdek, “ZOʻR TV” kanaliga chiqarib berish uchun 400.000 soʻm pulni 9860 60 **** 3895 raqamli plastik kartasiga tashlab beradi.

Afsuski, “boshlovchi” vaʼdasida turmaydi. Xonanda uni soʻrab surishtirganida “Muzaffar Ochilov” deb tanishtirgan shaxs radio sohasida ishlamasligini bilib, chuv tushganini anglab yetadi va Sirdaryo tumani IIBga ariza bilan murojaat qiladi.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, “Muzaffar Ochilov” deb oʻzini tanishtirgan shaxs aslida hech qayerda ishlamaydigan, Andijon viloyatida yashovchi 28 yoshli Yu.O. ekani aniqlanadi.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Yu.O.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.