Sakkiz mamlakat terma jamoalari ishtirok etadigan "Billie Jean King Cup" "Asia/Oceania Group II" bosqichi doirasida O'zbekiston ayollar terma jamoasi "A" guruhidan o'rin oldi. 

Terma jamoamizning guruh bahslaridagi ilk raqibi Guam termasi bo'ladi. Qizlarimiz ertaga ushbu mamlakat vakilalariga qarshi kortga chiqadi. 

"A" guruhi:  O'zbekiston, Shri-Lanka, Guam, Bruney.

"B" guruhi: Pokiston, Turkmaniston, Mo'g'uliston, Tojikiston.

Eslatib o'tamiz, guruhda birinchi o'rinni egallagan jamoalar keyingi turga yo'l oladi.

Mazkur musobaqada Petr Lebed murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Oqgul Omonmurodova, Aliya Musobekova, Nasiba espolova, Nasibabonu Qahramonova, Ominaxon Valixonova yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Ma'lumot o'rnida qayd etish joizki, "Billie Jean King Cup" xalqaro musobaqa bo'lib, unda eng ko'p AQSh terma jamoasi g'alaba qozongan – 18 marta. Musobaqaning amaldagi chempioni Rossiya terma jamoasi esa turnirda 5 bor zafar quchgan.