Kecha "Billie Jean King Cup" musobaqasi "Asia/Oceania Group II" bosqich o'yinlari doirasida O'zbekiston terma jamoasi Bruney termasiga qarshi kortga chiqdi. "A" guruhidagi ikkinchi tur uchrashuvida Ominaxon Valixanova Jia Xuy Tanni 6:1 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ikkinchi o'yinda esa Maftunabonu Qahramonova Ming Ruy Chongni 6:1, 6:2 hisobida taslim etdi.
Jamoalarning uchinchi uchrashuvida Nasiba espolova/Aliya Musabekova juftligi Jia Xuy Tan/Ming Ruy Chong tandemidan 6:1, 6:2 hisobida ustun keldi. Shu tariqa, terma jamoamiz Bruney-Darussalam ustidan 3:0 hisobida ishonchli g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning birinchi turida O'zbekiston terma jamoasi Guam termasini ham xuddi shunday hisob – 3-0 natijasi bilan dog'da qoldirgan edi. endi tennischi qizlarimiz guruhdagi so'nggi raqib – shri-lankalik raqibalariga qarshi kortga chiqadi.