Bu haqda “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati maʼlum qildi.
Termiz shahri va Termiz tumanida joylashgan AGTKSHlarni tabiiy gaz bilan taʼminlovchi “Termiz Sanoat tarmogʻi”ga GRS dan chiqish qismida kollektoriga keluvchi gaz quvurida oʻrnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilma (Regulyator)da nosozlik yuzaga kelganligi sababli Termiz shahrida joylashgan AGTKSHga gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatildi.
Hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish yuzasidan barcha choralar koʻrilmoqda, nosozlik bartaraf etilgandan soʻng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanishini va AGTKSHlarga belgilangan tartibda bir maromda tabiiy gaz taʼminoti yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qilamiz.