Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko'ra, Termiz xalqaro aeroporti ichki reyslarni qabul qilishga puxta hozirlandi. Buning uchun dezinfektsiya xonasi tashkil etilib, termometrlar, antiseptik va masofani saqlashni eslatuvchi afishalar xarid qilindi.
Ijtimoiy masofani ta'minlash maqsadida aerovokzal binosi maxsus tasma bilan hududlarga ajratilgan, yo'lakchalarda maxsus afishalar joylashtirilgan. SHuningdek, aeroport avtobusi ham polietilen yordamida xonalarga bo'lingan.
Aeroportning reys davomida ishlaydigan barcha xodimlari himoya kombinezonlari, qo'lqoplar va niqoblar bilan ta'minlangan.
eslatib o'tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 2020 yil 18 may kunidan boshlab Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni (borish va qaytish) tiklashga ruxsat berilgandi.