U fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uning “Mustaqillik” mahallasidagi uyi buzilishga tushganligidan foydalangan. Goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordami bilan 623 mln soʻm kompensatsiya pulini tezlashtirib undirib berishni vaʼda qilib, evaziga 900 AQSH dollari va 1 mln soʻmni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, materiallar prokuraturaga yuborilgan.