Ayni vaqtda yurtimizda koʻzga koʻringan islomshunos olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilarimiz, shuningdek, Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirgʻiziston kabi davlatlardan tashrif buyurgan 50 dan ortiq taniqli olim va ulamolar mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun vohamizga tashrif buyurishgan.
Anjumanning birinchi kunida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ochilish marosimi, xalqaro anjuman yalpi yigʻilishi, shoʻbalar yigʻilishlari, xorijlik ulamolar ishtirokida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi talabalari bilan uchrashuv, yopilish marosimi hamda boshqa qator tadbirlar oʻtkazilishi belgilangan.