Bu haqda Meksika konsulligi o'z bayonotida ma'lum qilgan.
Bayonotga ko'ra, halok bo'lganlarning uch nafari va bedarak yo'qolganlarning biri dengiz floti xodimlaridir. Qolgan ikki nafari esa bemor va shifokor edi. Bemorning rafiqasi va hamshira tirik qolgan.
Meksika harbiy-dengiz kuchlari ma'lumotlariga ko'ra, King Air ANX 1209 gumanitar missiyada bo'lgan va Texasning Galveston shahri yaqiniga qo'nayotganda halokatga uchragan. AQSh qirg'oq qo'riqlash xizmati bilan birgalikda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.
Agentlikning qo'shimcha qilishicha, hodisa sabablarini aniqlash bo'yicha tergov boshlangan va zarur tartib-qoidalarni o'tkazish uchun jarayon Meksikaning X`yustondagi konsulligi bilan muvofiqlashtirilmoqda, deb xabar berdi report.az.