Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari huzuridagi texnikumlarning kunduzgi taʼlim shaklini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilish:
toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, bunda, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdorini belgilash bir talabani oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar miqdoridan kelib chiqib amalga oshiriladi;
texnikum bitiruvchilari tahsil olgan texnikum boʻysunuvi boʻyicha tegishli oliy taʼlim muassasasining sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shakllariga amalga oshiriladi. Agar tegishli oliy taʼlim muassasasida muayyan taʼlim yoʻnalishi (kursi) boʻyicha sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shakli mavjud boʻlmagan taqdirda kunduzgi taʼlim shakliga qabul amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari huzuridagi texnikumlarning kunduzgi taʼlim shaklini muvaffaqiyatli tamomlagan, oliy taʼlim muassasasi bakalavriatiga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilish uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etuvchilar toifasiga texnikumda oʻqish davrida oʻzlashtirish baholari faqat “aʼlo” va “yaxshi” boʻlgan, shu jumladan, oʻzlashtirish baholarining kamida 50 foizi “aʼlo” boʻlgan fuqarolar kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari huzuridagi texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasasi bakalavriatiga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilish tartibi faqatgina texnikumni tamomlagan yil uchun tatbiq etiladi.
Yuqorida qayd etilgan toifaga kirmaydigan hamda texnikumni bitirgan yilidan keyingi yillarda oʻqishga kirish istagini bildirgan fuqarolarni oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oliy taʼlim muassasasi rektori ¬ qabul komissiyasi raisi buyrugʻi bilan har bir taʼlim yoʻnalishi boʻyicha alohida Suhbat komissiyasi tashkil etiladi.
Suhbat komissiyasi 7 tadan kam boʻlmagan tarkibda tashkil etiladi va uning tarkibiga kadrlarning asosiy ish beruvchilari boʻlgan korxona, tashkilotlar va oliy taʼlim muassasasi boʻysunuvi boʻyicha vazirlik va idoralarning xodimlari hamda boshqa oliy taʼlim muassasalarining tegishli soha boʻyicha professor-oʻqituvchilari kiritilishi mumkin.
Suhbat jarayoni toʻliq videokuzatuv ostida oʻtkaziladi va jarayon ota-onalar, kuzatuvchilar uchun ajratilgan alohida kutish joyiga onlayn translyatsiya qilib boriladi.
Suhbat jarayoni toʻliq videokuzatuv ostida oʻtkazilishi va videoyozuvlarning kamida uch yil oliy taʼlim muassasasida saqlanishini taʼminlash masʼuliyati shaxsan oliy taʼlim muassasasi rektori zimmasiga yuklatiladi.
Suhbat jarayoniga jamoatchilik vakillari ham xolis kuzatuvchi sifatida jalb etilishi mumkin.
Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varagʻiga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan aʼzolarining kamida 50 foizi tavsiya etish tarafdori boʻlgan texnikum bitiruvchilari oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan talabalikka tavsiya etiladi.
Talabalikka tavsiya etilganlar roʻyxati bir kun muddatda oliy taʼlim muassasasining veb-saytida eʼlon qilinadi va shu kundan boshlab ularga belgilangan namunadagi toʻlov-kontrakt blankalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan beriladi.
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar OTMga imtihonsiz, suhbat orqali qabul qilinadi
Hukumatning oliy taʼlim muassasalari huzuridagi texnikumlarning bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashga doir qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Dam olish kunlari havo yana isiydi, ayrim hududlarda yomg‘ir va chang-to‘zon kuzatiladi
- Toshkentda kanalga oʻzini tashlagan fuqaroni IIB xodimi va Akademiya kursanti qutqarib qoldi
- Jahon banki O‘zbekistonda 2 million bola uchun boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishga 100 million dollar ajratadi
- Davlat rahbari e’tibori – yuksak ishonch, ulkan mas’uliyat
- Pokistonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetdi
- Farida Afro‘zning “Tanlangan asarlar” va “Shuur” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Jaloliddin Masharipov Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
- To‘rayev Aziz Oppoqovichni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Oʻzbekiston terma jamoasi “Asteka” stadionida Meksikaga minnatdorlik yozuvini qoldirdi
- Albaniya Prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi
- Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
- Oʻzbekiston va Germaniya yetakchilari qoʻshma bayonot qabul qilib, bir qator loyihalarni ishga tushirdilar