Biroq muammo ijobiy hal etilmagani sababli u yordam so‘rab Prezident Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan.

Prezident Xalq qabulxonasi murojaatni belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, holatni har tomonlama o‘rgandi. O‘rganishlar yakunida mas’ul idoralarga mazkur jarimalarni bekor qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar yuborildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida 2026 yil 23 iyun kuni tez yordam avtomashinalariga rasmiylashtirilgan barcha 1200 ta ma’muriy jarima bekor qilindi va murojaatchining muammosi ijobiy hal etildi.

Prezident Xalq qabulxonasi fuqarolar murojaatlarini qonuniy, xolis va adolatli ko‘rib chiqish hamda ularning muammolariga amaliy yechim topish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirayotganini ma’lum qildi.