“Faqat bahor oxiri yoki yozga qadar biz xatti-harakatlarimizni sezilarli darajada oʻzgartira oladigan raqamlarga erisha olamiz”, deya uning soʻzlarini keltiradi “Korrespondent”.

Shu bilan birga, allaqachon vaksinasining ikki dozasini olgan 65 yoshli Geyts emlanganiga qaramay, niqob taqishni toʻxtatmasligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu ehtiyot chorasi hali qishgacha kerak boʻladi.

Avvalroq Bill Geyts yangi turdagi koronavirus infeksiyasidan toʻliq himoya qilish uchun vaksinaning uchinchi dozasini qabul qilishi mumkinligi, tarkibida virus mutatsiyasini hisobga olgan holda modifikatsiyalangan dori mavjudligini aytgandi.