Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasining “Tez-tibbiy yordam” boʻlimida davolanayotgan bemor B.I. uyali telefonini quvvatlagichga qoʻyib, tashqariga chiqqanida, bemor M.N. atrofdagilarga ushbu uyali telefonni oʻzinikidek koʻrsatib, quvvatlagichdan olib ketgan.
Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni 37 yoshli fuqaro M.N. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
Jinoyat sodir etgan M.N.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Qonunga muvofiq, M.N. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.