Qaror bilan tasdiqlangan “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, mazkur internat uylariga:

  • parvarish qilish shart boʻlgan 1-darajali qarindoshi yoki vasiylari boʻlmagan yolgʻiz keksalar;
  • 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironlar;
  • oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz I guruh nogiron keksalar joylashtiriladi.

Quyidagilar “Saxovat” internat uylariga qabul qilishga qarshi koʻrsatmalar hisoblanadi:

  • tutqanoq boʻladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib boʻshashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik;
  • ruhiy kasalliklar;
  • sil kasalligi;
  • yuqumli ter va soch kasalliklari;
  • oʻtkir yuqumli kasalliklar;
  • salbiy jarayondagi, yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
  • tanosil kasalliklari.

Qaror bilan shuningdek, quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

“Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari toʻgʻrisida;

“Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylari toʻgʻrisida;

Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar toʻgʻrisida;

Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati toʻgʻrisida.