Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 18 nafar bitiruvchi talabalari tibbiy xatlov antropometriya tadbirlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish boʻyicha Sirdaryolik tibbiyot xodimlarga amaliy yordamga borgan.

Talabalarning barchasi Sirdaryolik. Ular oʻz uyida yashab, oʻzlariga yaqin hududlardagi poliklinikalar tibbiy brigadalariga biriktirilgan holda oʻz murabbiylari nazorati ostida tibbiy xatlov tadbirlarida ishtirok etadi. Bu esa ular uchun oʻziga xos amaliyot hisoblanadi.

Talabalar, imkon qadar oʻz uylariga yaqin hududlardagi magistrlar va klinik ordinatorlarga biriktirilgan boʻlib, ular bevosita institutdan biriktirilgan murabbiylari va tibbiy brigadadagi oilaviy shifokorlar nazorati ostida xonadonma-xonadon yurib, antropometriya tadbirlariga koʻmaklashadi. Sogʻlom turmush tarziga doir targʻibot suhbatlarida faol ishtirok etadi. Shu orqali institutda olgan bilim va koʻnikmalarini yana-da mustahkamlab, kelajakda amaliyotga joriy etadi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.