Bu boʻyicha Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Zulfiya nomidani davlat mukofotini tibbiyot (meditsina) sohasi uchun alohida yoʻnalish sifatida berishni nazarda tutuvchi Prezident farmoni loyihasini eʼlon qildi.
Loyihada taʼkidlanishicha, soʻnggi yillarda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida yoshlar, ayniqsa iqtidorli xotin-qizlar faol ishtirok etib, ilmiy-tadqiqot ishlari, yangi davolash usullari, profilaktika dasturlari va innovatsion tibbiy texnologiyalar orqali sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshmoqda. Qaror loyihasida ana shunday yutuqlarga erishgan iqtidorli qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlab borishni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilmoqda.
Loyihada, jumladan, 1999-yil 10-iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-2326-son Farmonga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish hamda Davlat mukofoti bilan taqdirlab borish bilan bogʻliq xarajatlarning moliyalashtirish manbalarini belgilash kabi masalalar hal qilingan.
Oʻz navbatida, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Hukumatga takliflar kiritishi belgilanmoqda.