Bu savolga Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIAGIATM) kadrlarini tayyorlash boʻlimi xodimlari uchun tashkil etilgan terning javob berdi.
Mazkur tadbir butun respublika boʻyicha davolash faoliyati bilan birga akusher va ginekologlar, anesteziolog-reanimatorlar, funksional tashxis shifokorlari va laborantlari uchun treninglar va malaka oshirish kurslari olib boradigan Markaz shifokorlari uchun 54 akademik soat davom etdi va 10-fevralda yakuniga yetdi.
Malaka oshirish kurslari auditoriyasi — katta yoshdagi odamlar. Albatta, oʻqitish jarayonida katta yoshdagi odamlar auditoriyasining oʻziga xosligi mavjud va androgogika buni inobatga oladi. Ularni oʻrganib chiqqan Akusher va ginekologlar markazi shifokorlari ichidan chiqqan trenerlar oʻz tajribalari bilan yanada samaraliroq boʻlisha oladi.
Xoʻsh, katta yoshdagilarni oʻqitishning qanday oʻziga xosligi bor ekan?
Bolalardan farqli oʻlaroq, har bir katta yoshdagi odam oʻqitishning manbai sanaladigan maʼlum bir oʻz hayotiy va kasbiy tajribasiga ega boʻladi. Buni katta yoshdagilarni oʻqitish sohasida oʻqituvchilarni tayyorlash boʻyicha mutaxassis, mazkur soha boʻyicha xalqaro sertifikat egasi, mazkur kursning yetakchi treneri Nadir Irgashev taʼkidladi.
Bunday farqlarning Top-5ligiga mutaxassis shuningdek, katta yoshdagi odamni oʻqitish samaradorligini quyidagi shartlarda qoʻshdi: oʻqitish predmeti uning hayotida amalda qoʻllanilsa; agar oʻqishdan muhim maqsad — oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarning ongli ravishda hal etish; oʻqishga tayyorgarlik ijtimoiy rolidan kelib chiqqanda (haqiqiy yoki moʻljallangan); bilimlarini zudlik bilan, yoki oʻqish tugashi bilan yaqin vaqtlar ichida amalda qoʻllay olish.
Sanab oʻtilganlarning barchasi shifokorlarning ular uchun zarur va haqiqatdan ham kerak boʻlgan bilimini oshirishga xos.
Shifokorlar — oʻta aniq fanlarni oʻzlashtirgan, oʻz tajribasida Klinik protokollarni qoʻllay oladigan, katta hajmdagi bilim asosida qaror qabul qiluvchi mutaxassislardir. Lekin ularni oʻqitish jarayonida “mozgovoy shturm”, case study va boshqalar kabi zamonaviy interfaol usullarni qoʻllash muhim.
Akusherlik va ginekologiya markazi shifokorlari treninglarda videoroliklarni tomosha qilish va uni auditoriya bilan muhokama etishni qoʻllashning, kichik guruhlarga boʻlib oʻqitishning, natijalarni muhokama qilishga qaratilgan individual darslarning foydasini koʻrdi.
“Bugungi shifokorlar ichidan chiqqan trener zamonaviy bilimlar egasi boʻlishi, kattalar uchun treninglar oʻtkazish tajribasiga ega va ularni pedagog amaliyotida qoʻllay bilishi kerak”, deb taʼkidladi RIAGIATM “Oila va turmush” (“Semya i brak”) poliklinikasi mudiri, professor Dilfuza Aliyeva.
Shuni qoʻshimcha qilamizki, “Kattalarni oʻqitishda zamonaviy yondashuvlar va usullar” treningi Curriculum GlobALE (Shveysariya) xalqaro dasturi asosida olib borildi. Uni tashkil etish va oʻtkazishga Career taʼlim tashkiloti jalb etilgan.
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.