Mazkur sut emizuvchilar xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining “Qizil kitobi«da «yoʻqolib ketish xavfi kam” kategoriyasidan “xatar ostida” toifasiga oʻtkazildi.
Tahlillar kirpilar sonining keng miqyosda va tashvishlanarli darajada kamayib borayotganini koʻrsatmoqda. Taʼkidlanishicha, avtomobillar yoʻllari, pestitsidlar va notoʻgʻri boshqarilgan bogʻlar ularning yashash joylari cheklamoqda.
Ayniqsa, pestitsidlar tipratikanlar oziqlanadigan hasharotlarni oʻldiribgina qolmay, ularga toʻgʻridan-toʻgʻri zahar ham yetkazishi mumkin.
Yevropadagi sutemizuvchilar jamiyati odamlarni tipratikanlarni himoya qilish uchun tabiatga mos bogʻlar yaratishga chorlamoqda. Bu bogʻlarda kirpilar yoki tipratikanlarning erkin harakatlanishi uchun toʻsiqlarda kichik teshiklar qoldirish, zararli pestitsidlardan voz kechish, shuningdek, ularga boshpana yaratish uchun daraxt shoxlari uyumi yoki maxsus kirpi uylarini tashkil etish tavsiya qilinadi.