Triniti nomli qadimiy hayvonning suyaklari xaridorga 6,1 million dollarga tushdi. Uning ismi oshkor etilmagan.

Kimoshdi savdosi Koller auksion uyida bo'lib o'tdi. Xaridor uzoq o'ylamadi – bunga besh daqiqadan kam vaqt ketdi. Kimoshdi savdosi tashkilotchilarining ta'kidlashicha, Yevropada birinchi va dunyoda uchinchi marta auksionga yuqori sifatli Tirannozavrning to'liq skeleti qo'yildi.

Skeletning yoshi taxminan 67 million yil, balandligi – 3,9 metr, uzunligi – 11,6. Skelet 293 elementni o'z ichiga oladi, ularning yarmi AQSHda 2008-yildan 2013-yilgacha bo'lgan davrda tadqiqotchilar tomonidan topilgan uchta tirannozavrning suyaklaridir, deb xabar beradi mir24.tv.