Bu joriy vaqtdagi narxlarda hisoblanadi va buning uchun talab etiladigan mahsulotlar hamda xizmatlar narxlarining o'rtacha darajasini aks ettiradi. Ana shu ko'rsatkichlar turli mintaqa va mamlakatlardagi aholining joriy daromadlarini baholashda qo'llaniladi.

Xo'sh, 2026-yilda dunyo mamlakatlarida tirikchilik qiymati qanday shaklga ega bo'ladi? Ushbu savolga javob berish uchun turli shahar va mamlakatlardagi tirikchilik qiymati hamda sifati to'g'risida ma'lumotlarni taqdim etadigan jahondagi eng yirik Numbeo – onlayn bazasi global indeks ko'rsatkichlaridan foydalaniladi. Ma'lumotlarning bazaviy nuqtasi sifatida Nyu-York shahri olingan va indeks raqami 100 deb belgilangan. 

Ya'ni agar ma'lumotlar asosida ma'lum bir mamlakat indeksi 80 deb belgilangan bo'lsa, demak u yerdagi narxlar Nyu-Yorkdagidan 20% past hisoblanadi. Indeks 100 dan yuqori deb baholansa aksincha, ya'ni qimmat hisoblanadi.

Garchand bir qator mintaqalarda bu borada bosim pasaygan bo'lsa-da, kundalik tirikchilik qiymati asosiy muammolardan biri bo'lib qolayotir. Xususan, 28 ta mamlakatda turar joy narxi 2020-yilga nisbatan 50 foizdan ham oshgan. Meksika, Germaniya va Malayziya kabi mamlakatlarda esa oziq-ovqat narxlari keskin ko'tarilgan va bu dunyo bo'yicha uy xo'jaliklari byudjetiga jiddiy bosim o'tkazmoqda. 

Eng yuqori tirikchilik qiymati Britaniya dengiz orti hududi – Bermud orollarida kuzatilgan. Mazkur hudud elita ko'chmas mulki, lyuks turizm, ya'ni yuqori darajada xizmat ko'rsatishga va juda qulay sharoitga ega deb baholanadi va shu sabab qimmat joy deb baholanadi.

Aslida ham dunyoda yashash, dam olish uchun eng qimmat joylardan biri orollar sanaladi. Ko'pincha ular soliq to'lashdan saqlanadigan joy va moliyaviy markaz rolini ham o'ynaydi. Jumladan Verjin, Jersi va Kayman orollari ushbu reytingning birinchi o'ntaligiga kiradi.

Shveytsariya umumiy hisobda uchinchi o'rinni egallaydi va Syurix 2026-yilda eng qimmat shahar deb deb baholangan. Bu o'rinda mustahkam shveytsar franki bilan birga yuqori ish haqi va hayot darajasi asosiy rol o'ynaydi, deb xabar berdi naked-science.ru.

Osiyodagi eng qimmat shahar sifatida Singapur qayd etilgan. U dunyo bo'yicha beshinchi o'rinda turarkan. Bu yerda yer resurslari cheklanganligi sababli ko'chmas mulk narxi doim yuqori. Mamlakatdagi mahsulotlarning 90% import bo'lgani sababli qo'shimcha ravishda narx bosimini yuzaga keltirgan, deb yozadi Naked Science nashri. Bu mavzuga oid kichik bir ma'lumotlar xolos.