OceanGate Expeditions direktori Stokton Rash, har yili may oyidan sentyabrgacha cho'kib ketgan laynerda uch ming metrdan oshiq chuqurlikka sho'ng'ishni tashkil eta olishiga ishonadi.
Ta'kidlanishicha, ekskursiya besh kishilik maxsus suvosti kemasida amalga oshiriladi. Tadbirkor bu tashabbus foydali bo'ladi, deb hisoblaydi. Chipta narxi 125 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.
Sho'ng'ish joyiga Kanadaning N`yufaundlend orolidan etib borish rejalashtirilgan. Ekspedisiyaning suv osti qismi olti soatdan sakkiz soatgacha davom etadi. Shu vaqtda sho'ng'ish, ob'ektni tekshirish va suv yuziga ko'tarilish kerak bo'ladi.
Har bir turda beshta odam qatnashadi: suvosti kemasi kapitani, tadqiqotchi olim va uchta sayyoh.