“Titanlar jangi”: ulardan qay biri haqligini aniqlash vaqti kelgandi…

    Biznes 17 Noyabr 2020 1547

    O’z nomi bilan “Titanlar” bilan bog’liq vaziyatni Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Nohalol raqobatga chek qo’yish boshqarmasi o’rganib chiqdi. Chunki, ikki “Titan”dan biri noto’g’ri “yopishtirayotgan” edi.

    “TITANS ART GROUP” MCHJ 2018 yildan beri, Rossiyaning «ELTITANS» nomi bilan yelim ishlab chiqaruvchi “Gruppa Titan” MCHJning O’zbekistondagi rasmiy vakili hisoblanadi. Korxonaning rasmiy vakili tomonidan Qo’mitaga qilingan murojaatda, joriy yildan boshlab O’zbekiston bozorlarida “TITANS CO” oilaviy pudrati tomonidan “TITANS” nomi ostida ishlab chiqarilayotgan yelimga nisbatan bo’ldi.

    Vaziyat kundek ravshan, ikkala xo’jalik yurituvchi sub’ekt ham bir xil tovar bozorida o’zaro raqobatchi hisoblanadi. Zero, har bir tashkilot o’z tovar belgisi nomini himoya qilishi tabiiy, axir, buning ortida iste’molchilarni ishonchi hamda foydasi turibti.

    Har ikkala tashkilot “TITANS ART GROUP” MCHJ va “TITANS CO” oilaviy pudratining mahsulotlari maxsus nazoratdan o’tkazilib solishtirilganda, ular orasida, o’zaro, juda o’xshashlik mavjudligi aniqlandi. Hatto, yozuv turi va uning o’lchami, yorliqlarning rang jihatdan ham o’hshashligi bir xil edi. Nomlari esa, “ELTITANS” va “TITANS” ham bir-biriga juda mos.

    Shuningdek, ularning qadoq idishlari, dizayni va qapqoqlari ham bir xil ko’rinishda tayyorlangan.

    O’rganish davomida, “TITANS ART GROUP” MCHJ tomonidan keltirilgan murojaatida ko’rsatilganidek, “TITANS CO” oilaviy pudratning harakatlarida, nohalol raqobat alomatlari bor degan to’xtamga kelindi.

    O’z navbatida, “TITANS CO” oilaviy pudrat vakili ham, ishlab chiqarayotgan mahsuloti o’xshashligini tan olib, ayni kunga qadar ishlab chiqarilib, omborxonalarda saqlanayotgan mahsulotni sotib olishga ruxsat so’radi. Zero, oilaviy pudrat yaqinda tashkil etilgan.

    Maxsus komissiya “TITANS CO” oilaviy pudratni “Raqobat to’g’risida”gi qonunning 13-moddasi bo’yicha aybdor deb topdi va o’rnatilgan tartibda mazkur qonunbuzilish alomatlarini bartaraf etishga ko’rsatma berdi.

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi

    Matbuot xizmati