Uchrashuvda ikki davlat munosabatlarini mustahkamlash, istisnosiz barcha sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

“Oʻzbekiston Gruziya bilan munosabatlarimizni qadrlaydi va har ikki xalq manfaati yoʻlida aloqalarni kengaytirish tarafdori. Davomli muloqot va qoʻshma tashabbuslar boʻyicha ishlashda davom etamiz“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.