TIVda Isroil elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 17 Iyun 2025 921

    Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev bugun Isroil elchisi Gideon Lustig bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Qayd etilishicha, suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Isroil munosabatlarining holati va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik muhokama qilindi.

    Mintaqaviy muammolar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.