Oʻrganish davomida viloyat hokimi “Achchisay” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 29-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabidagi sport zali binosining yakunlanmay qolgan qurilish ishlarini shu kunlarda oxiriga yetkazish zarurligi, ushbu masalada amaliy yordam berishga tayyorligini bildirdi.Z. Mirzayev mazkur hududdagi 12-sonli oilaviy poliklinika filiali faoliyati hamda aholiga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, aholi xonadonlarida boʻlib, ularning yashash sharoiti bilan qiziqdi. Mavjud muammolarini bartaraf etish yuzasidan tuman hokimi hamda tegishli masʼullarga koʻrsatmalar berildi.
Maktab oʻqituvchilari bilan yaqindan suhbat tashkil etildi.
Hokim pedagoglar bilan samimiy muloqot qilib, ulurning dars oʻtish tajribalari, oʻquvchilarga puxta bilim berish borasidagi metodlari yuzasidan fikrlashdi. Oʻz taklif va tavsiyalarini berdi.
Viloyat rahbarining hududlar boʻylab safari davom etmoqda.