Bu haqda “Oʻzgidromet” ogohlantirdi.

Maʼlum qilinishicha, xavf quyidagi hududlarda kuzatilishi mumkin:

Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlari;

Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlari;

Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlari;

Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlari;

Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizma togʻlari);

Namangan viloyati: Pop tumani.

«Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini koʻrish soʻraladi», — deyiladi xabarda.