"Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida joylashgan Toʻpalang suv ombori toʻgʻoni suv qoʻyib yuborgani va atrofni suv bosganligi toʻgʻrisidagi asossiz (feyk) maʼlumotlar tarqatilmoqda.

Hozirda Toʻpolang suv ombori qoshida barpo etilgan Toʻpolang GESda 2-komponent modernizatsiya loyihasi amalga oshirilayotganligi munosabati bilan bosimli quvurda sinov ishlari oʻtkazilgan vaqtda bosim quvuri toʻsini orqali 40 m3 suv chiqqan.

Toʻgʻon bilan bogʻliq muammo mavjud emas. Xavotirga oʻrin yoʻq!

Ayni paytda ushbu nosozlik toʻliq bartaraf etildi. 40 m3 suv toʻliqligicha kanalga yoʻnaltirildi.

Yurtdoshlarimizdan turli mazmundagi asossiz xabarlarga ishnomaslikni, ortiqcha vahimaga berilmaslikni soʻraymiz, deyiladi “Oʻzbekgidroenergo” AJ axborot markazi bergan axborotda.